17:07 / 18.07.2018
4 522

So‘rovnoma: Farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaydiganlar soni 3 foizni tashkil qildi

So‘rovnoma: Farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaydiganlar soni 3 foizni tashkil qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatda o‘qituvchilarga e’tibor susayib ketgani, o‘qituvchining qadri qolmaganini keskin tanqid qildi.

Yig‘ilishda prezident o‘qituvchilik kasbining ijtimoiy mavqeini oshirish borasida xalqaro ilg‘or tajribalar va tadqiqotlarga alohida to‘xtalib, Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan so‘rovda 55 foiz aholi farzandi o‘qituvchi bo‘lishini istaganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonda esa so‘rovnomada qatnashganlarning bor-yo‘g‘i 7 foizi, o‘qituvchilar orasida esa atigi 3 foiz kishi farzandi o‘qituvchi bo‘lishni xohlashini bildirgan.

Yig‘ilishda o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ish faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga, ya’ni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obunaga jalb qilish, uyma-uy yurish va boshqa tadbirlarga umuman jalb qilmaslik, turli nazorat organlari va hokimlikka tegishli tashkilotlar tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish va o‘rganishlar qat’iy cheklash topshirig‘i berilgan.

Shuningdek, o‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmatni shakllantirish, ommaviy axborot vositalari orqali o‘qituvchining obro‘sini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar yaratib, keng targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » So‘rovnoma: Farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaydiganlar soni 3 foizni tashkil qildi