20:30 / 20.07.2018
6 581

Erkinjon Turdimov: «Odamlardan so‘rang, hokimiyat, ichki ishlar haqida yaxshi gap aytmaydi»

Erkinjon Turdimov: «Odamlardan so‘rang, hokimiyat, ichki ishlar haqida yaxshi gap aytmaydi»
Foto: Facebook / Erkinjon Turdimov
Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 54-sessiyasida qilgan nutqida bir qator muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

«Agar tartib bo‘lmaydigan bo‘lsa ertaga xalq deputat haqida nima deydi, qo‘lini ko‘tarib tushiradigan odam deb o‘ylaydi. So‘ranglar odamlardan, hokimiyat kim desangiz, ichki ishlar kim desangiz yaxshi gaplar aytmaydi. Odamlarning davlat boshqaruv organlar faoliyatidan ko‘ngli qolgan.

Men hurmatli deputatlarga aytmoqchimanki, iltimos qilmoqchimanki, birgalashib aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganib o‘zgarish qilishimiz kerak.

Afsuski hali ko‘p rahbarlarimiz pastga tushmagan. O‘zini osmonda sanab yuribdi. Menda buning asosi bor. Deputatlar himoyachi bo‘lib chiqishi kerak», deya Turdimovning so‘zlarini keltiradi "Daryo" internet nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkinjon Turdimov: «Odamlardan so‘rang, hokimiyat, ichki ishlar haqida yaxshi gap aytmaydi»