23:42 / 21.07.2018
6 546

Shahar hokimi: "25 yil uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otaylik"

Шаҳар ҳокими: "25 йил ухлаб қолган мамлакатни уйғотайлик"
Foto: «Kun.uz»
Toshkent shahar hokimligida 21 iyul kuni poytaxt hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan «ochiq eshiklar» kuni o‘tkazildi. «Kun.uz» xabariga ko‘ra, tadbirni shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ochib bergan.

Safimizga borgan sari yangi tadbirkorlar va investorlar qo‘shilmoqda. Maqsadimiz bitta — shaharni rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlash. Ancha yillar, deyarli 25 yil davomida uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otish.

Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz. Faqat bir iltimos — loyihangizni vijdonan bajaring. Mavjud binolarni buzilishga tushirib, qurishni rejalashtirmang. Bizning bir shiorimiz bor — sizlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

Xabar berishlaricha, tadbirda 100 dan ortiq tadbirkor va investorlar qatnashgan. Jahongir Ortiqxo‘jayev har bir tadbirkor va investor bilan shaxsan suhbatlashgan va ularning loyihalari bilan tanishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahar hokimi: "25 yil uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otaylik"