14:25 / 04.08.2018
4 648

Bugun 623 nafar abituriyent testga kelmadi, 52 nafar abituriyent chetlashtirildi

Bugun 623 nafar abituriyent testga kelmadi, 52 nafar abituriyent chetlashtirildi
Bugun respublikadagi barcha viloyatlar oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda. Abituriyentlar uchun ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi, deb yozadi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Qayd etilishicha, abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borilmoqda.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00dan boshlandi. Test sinovlarida 15ta oliy ta’lim muassasalarining 28ta ta’lim yo‘nalishida 29 ming 475 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 623 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 52 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30 da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma’lumotlar test sinovlari 1-smenada tugaganidan so‘ng taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun 623 nafar abituriyent testga kelmadi, 52 nafar abituriyent chetlashtirildi