20:33 / 09.08.2018
8 410

Toshkentdagi diskotekada chiqqan janjalda qo‘riqchilar mehmonni o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentdagi diskotekada chiqqan janjalda qo‘riqchilar mehmonni o‘ldirib qo‘ydi
IIBB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi taxminan soat 00:25 larda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Aurum 898” tungi klubi oldida janjal chiqqan. Janjal natijasida esa klub qo‘riqchilari va mehmon o‘rtasida pichoqbozlik yuz bergan.

Ma’lumotga ko‘ra, 25 yoshli Jamshid K. pichoq bilan muassasaga kirishga uringan. Qo‘riqchilar bunga yo‘l qo‘ymagani uchun Jamshid ulardan biriga pichoq bilan zarba bergan. So‘ng mehmon va qo‘riqchi o‘rtasida janjal chiqqan. Natijada Jamshid ko‘plab tan jarohati olgan va jarohatlari sabab bugun ertalab vafot etgan.

Jamshidga tan jarohatlari yetkazishda ayblanib, muassasaning uch nafar xodimi hibsga olingan. Ular – 24 yoshli Saidazim K., 29 yoshli Shodali K. va 26 yoshli Jahongir Ya. Klub qo‘riqchisi bo‘lib ishlovchi, hodisaning ikki nafar ishtirokchisi 41 yoshli Sherali I. va Abdurasul M. olgan jarohatlari natijasida shifoxonada qolyaptilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi diskotekada chiqqan janjalda qo‘riqchilar mehmonni o‘ldirib qo‘ydi