12:28 / 10.08.2018
4 570

Toshkentda bankomat o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolariga jazo tayinlandi

Toshkentda bankomat o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolariga jazo tayinlandi
Shayxontohur tumanidagi "Olive" restorani oldida "Kapitalbank" ATB tuman filiali tomonidan o‘rnatilgan, narxi 28 million 948 ming 340 so‘mlik bankomatni ichidagi 848 ming 500 so‘m puli bilan birga o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mamlakatimizda aholi turmushi farovonligini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga e’tibor qaratilayotir. Tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari hamda aholi gavjum joylarga bankomatlar o‘rnatilgani mijozlarga qulaylik yaratmoqda.

Ammo oson pul topish maqsadida fuqarolarga beminnat xizmat qilayotgan bankomatlarni talon-taroj qilayotgan shaxslar ham uchrab turibdi.

Toshkent shahrida yashovchi A.Qodirov, Z.Azizov va K.Mirzayev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida jinoiy til biriktirdi. Ular 2017 yil 31 dekabr kuni tongda Shayxontohur tumanidagi "Olive" restorani oldida "Kapitalbank" ATB tuman filiali tomonidan o‘rnatilgan, narxi 28 million 948 ming 340 so‘mlik bankomatni ichidagi 848 ming 500 so‘m puli bilan birga o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Pulni esa o‘zaro bo‘lishib olgan.

Shuningdek, ushbu shaxslar bu bilan cheklanib qolmaydi. Ular o‘zlariga O.Nodirov, D.Samadov va B.G‘ulomovlarni ham sherik qildi. 2018 yil yanvar oyida tun yarmidan oqqanda jinoiy to‘da Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasidagi “Qorasaroy” avtobus bekatiga keladi. Hududda hech kim yo‘qligidan foydalanib, bekatga o‘rnatilgan narxi 24 million so‘mlik bankomatni mashina yukxonasiga ortib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Qonunbuzarlar bankomat ichidagi 4 million 400 ming so‘m pulni o‘zaro bo‘lishib oladi. Jinoyat izini yashirish maqsadida bankomatni Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanalga tashlab yuboradi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida guvohlarning ko‘rsatmalari eshitildi. Hujjatlar o‘rganilib, to‘plangan dalillar yana bir bor ko‘zdan kechirildi. Jinoyat isbotini topdi. Ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bankomat o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolariga jazo tayinlandi