Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat tomonidan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor natijasida Milliy bog‘ yonidagi so‘lim maskanda Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi barpo etilgan edi. Ushbu xiyobon ro‘parasida qurilayotgan mazkur uy-joylar yozuvchi va shoirlarga beriladi. Uyning birinchi qavatida 60 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi va oilaviy poliklinika tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev qurib bitkazilgan xonadonlardan birini va maktabgacha ta’lim muassasasini kirib ko‘rdi. Oilalarning tinch-farovon yashashi, bolalarning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu yerda Toshkent shahri tumanlarida zamonaviy turar joy majmualari, ishbilarmonlik markazlari, dam olish maskanlari va sayilgohlar qurish, jamoat transporti xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Davlat rahbari mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi