O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shartnoma pulini to‘lashi uchun talabalarga banklar tomonidan kredit ajratilishi mumkin.
– Mazkur ta’lim kreditlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi, – deydi Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi kredit bo‘limi boshlig‘i J.Bahriyev.
– Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ta’lim krediti chin yetimlarga, Mehribonlik uylarida tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga foizsiz, boshqa toifadagi talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan o‘zgaruvchi foiz stavkasi asosida beriladi.
Olingan kredit qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yishi yoxud bankning kafolatini, uchinchi shaxsning kafilligini, sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisini taqdim etishi lozim.
Chin yetimlar va Mehribonlik uylarida tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan bo‘lganlar uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kafilligi taqdim etiladi.
Talabalar, ularning ota-onalari yoki vasiylariga ta’lim krediti olishda qulaylik yaratish maqsadida viloyatdagi banklarning hududiy filiallari mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirildi. Aholi bu haqda ma’lumotga ega bo‘lishi uchun o‘zi yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘ini yoki o‘qishga qabul qilingan oliy ta’lim muassasasiga ham murojaat qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi