Bunday rahbarlardan voz kechamiz (video)

  • Jamiyat
  • 11-08-2018, 09:30
  • 1 955
  • Бундай раҳбарлардан воз кечамиз (видео)
    “Yoshlar” teleradiokanali “Yangi Davr” muxbiri Jamoliddin Qalandarov Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bilan suhbat qildi.

    Muxbirning “Test jarayonlari yarimlab qoldi. Agarda mana shu 15 kun mobaynida qo‘l ostingizdagi rahbar xodimlar mana shu jarayondagi huquqbuzarliklarga aralashgan bo‘lsa qanday chora ko‘rardingiz, misol uchun rektorlar?, degan savoliga vazir Inom Majidov quyidagicha javob berdi.

    — Bunaqa bo‘ladigan bo‘lsa ularning oliy ta’limda o‘rni bo‘lmaydi. Bunday rahbarlardan voz kechamiz. Chunki, bunaqa kishi tizimdan chiqarib yuborilmasa, u boshqalarga ham tarqayveradi. Eng muhimi, fikr tug‘iladiki, shunday yuraversa bo‘lar ekan deb.

    Suhbat davomida vazir oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan test jarayonlari, abituriyentlarga beshta yoki o‘nta oliy ta’limni tanlashga imkoniyati berilishi mumkinligi, super kontrakt masalasi, bu yilgi oshgan kontrak xususidagi savollarga javob berdi.

    » » Bunday rahbarlardan voz kechamiz (video)
    Яндекс.Метрика