16:25 / 14.08.2018
24 612

Sportchi Jamshid Kenjayev o‘ldirilgani aks etgan yana bir video tarqaldi (video)

Sportchi Jamshid Kenjayev o‘ldirilgani aks etgan yana bir video tarqaldi (video)
Avvalroq, Bosh prokuratura xabariga tayanib, erkin kurash bo‘yicha sport ustasi bo‘lgan Jamshid Kenjayevning “Aurum898” tungi klubi qo‘riqchilari Sherali Qilichov, Abdurasul Mirzayev tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.

Tungi klubga kirishga uringan Jamshid Kenjayev va qo‘riqchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik katta janjalga aylanib ketgan, oqibatda esa sport ustasi vahshiylarcha o‘ldirib tashlangan. Bu voqea natijasida esa tungi klubning bir necha nafar qo‘riqchilari qamoqqa olingani haqida rasmiy xabarlar tarqatildi.

Bu holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 97-moddasi binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlab internet tarmog‘ida Jamshid Kenjayevning vahshiylarcha o‘ldirilgani holati aks etgan video internet tarmog‘ida tarqaldi va ko‘plab bahs-munozalarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik esa aynan mana shu holat aks etgan yana bir video internetdan joy oldi.

Diqqat! 16 yoshgacha bo‘lganlar, homilador ayollar, asabiylashish mumkin bo‘lmagan kishilarga bu videolavhalarni ko‘rishni tavsiya etmaymiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sportchi Jamshid Kenjayev o‘ldirilgani aks etgan yana bir video tarqaldi (video)