13:30 / 16.08.2018
4 938

1 oktyabrdan investitsiya faoliyati uchun yer uchastkalari berishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda

1 oktyabrdan investitsiya faoliyati uchun yer uchastkalari berishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda aytilishicha, 2018 yil 1 oktyabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;

ko‘chmas mulk ob’ektlarini (mehmonxonalar, savdo ob’ektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotish.

Quyidagilarga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Davlat mulki ob’ektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ob’ektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 oktyabrdan investitsiya faoliyati uchun yer uchastkalari berishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda