11:20 / 16.08.2018
5 148

Ba’zi yuridik shaxslarning qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi

Ba’zi yuridik shaxslarning qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha, 2018 yil 1 oktyabrdan:

- avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi, ular O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tkaziladi;

- avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari, joylashuvidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning tushumlari to‘liqligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ba’zi yuridik shaxslarning qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi