17:40 / 16.08.2018
4 565

Jizzaxda "Neksiya" beton to‘siqqa urilishi natijasida yonib ketdi...

Жиззахда "Нексия" бетон тўсиққа урилиши натижасида ёниб кетди...
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati.

15 avgust kuni Samarqand shahrida yashagan Sh.R. o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz” yo‘lining 996-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay beton to‘siqqa borib urilgan. Natijada avtomashina ag‘darilib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Natijada haydovchi Sh.R. hamda avtomashinada bo‘lgan uning rafiqasi E.S. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda "Neksiya" beton to‘siqqa urilishi natijasida yonib ketdi...