Toshkent shahar IIBB endi YPX inspektorlari qo‘l radarlaridan foydalanmasligini ma’lum qiladi.
Tezlikni belgilangan me’yordan oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar hozirda avtomat-statsionar va mobil radarlar yordamida aniqlanmoqda.
Mazkur apparat-dasturiy kompleksi real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarliklarni qayd etadi va simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni «O‘zbekiston pochtasi»ning Toshkent shahar filiali ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzar ham bu haqda pochta orqali xabardor qilinadi.
Bugun, 16 avgust kuni mobil radarlar quyidagi manzillarga o‘rnatilgan:
1. Sergeli tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li, «Elbrus» restorani, soat 9.00dan;
2. Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, «Korzinka – Aeroport», soat 11.00dan;
3. Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 7-Avtokorxona, soat 14.00dan, Oliy Majlis binosi, soat 16.00dan;
4. Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, «Yulduz» AJ, soat 18.00dan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi