18:05 / 16.08.2018
4 273

Adliya vazirligi aksiya e’lon qildi: Inson huquqlari bo‘yicha savollaringiz bormi?

Adliya vazirligi aksiya e’lon qildi: Inson huquqlari bo‘yicha savollaringiz bormi?
Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi aksiya e’lon qilindi. Vazirlik 2018 yilning 17-27 avgust kunlari “Inson huquqlari bo‘yicha onlayn murojaat” aksiyasini o‘tkazadi.

Buning uchun 10 kun davomida maxsus virtual maydon tashkil etiladi. Ya’ni, maxsus havola orqali Siz adliya mas’ullariga inson huquqlari borasida savollaringiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.

Aksiya doirasida faqat quyidagi yo‘nalishdagi murojaatlarga javob beriladi:

1. Shaxsiy huquq va erkinliklarga rioya etilishi

- yashash huquqi, shaxsning erkin harakatlanish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi va shu kabilar);

2. Mehnat qilish huquqining kafolatlari

- ishga joylashish, xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari, mehnat shartlariga rioya etilishi, mehnat ta’tillari, mehnatga haq to‘lash, majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik, mehnat shartnomalarini bekor qilish, mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish va shu kabilar);

3. Ta’lim olish huquqi

- bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, maktabda ta’lim olish, maktabni ta’mirlash, bir ta’lim muassasasidan boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga qayta tiklash va shu kabilar);

4. Mulkdor bo‘lish huquqi

- mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish, mol-mulklarni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, mul-molkka yetkazilgan zararni undirish va shu kabilar);

5. Ijtimoiy ta’minot olish

- pensiya yoshini hamda mehnat stajini aniqlash, nafaqalar, pensiyalar hamda moddiy yordam pullarini olish hamda ularning miqdorini aniqlash, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslarga berilgan imtiyozlar);

6. Malakali tibbiy yordam

- tez tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy xizmatlar tariflari, imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish, shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlash, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash va shu kabilar);

7. Huquqbuzarliklar profilaktikasi

- samosud, suitsid va oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari).

Javoblar foydalanuvchining elektron pochtasiga yo telegram raqamiga shaxsan yoki ijtimoiy tarmoq orqali ommaviy tarzda yo‘llanishi mumkin (savol yo‘llovchining xohishiga ko‘ra). Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha huquqi buzilgan shaxslar manfaatini himoya qilgan holda ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.

Aksiya doirasida murojaatlarga javob berish jarayonida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun talablari inobatga olinadi.

Murojaat yo‘llash uchun havola: https://cc.uz/15suk

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi aksiya e’lon qildi: Inson huquqlari bo‘yicha savollaringiz bormi?