13:05 / 18.08.2018
5 048

Emomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Emomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.

Tojikiston Prezidentining Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi. Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Emomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi