13:10 / 18.08.2018
4 433

Prezidentlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi (foto)

Prezidentlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan.

Muzey ikki zal va olti bo‘limdan iborat. Undan Mirzo Ulug‘bek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi o‘rin olgan. Shuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Ulug‘bek haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etilgan.

Emomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat o‘lkalari qoloq bo‘lgan o‘rta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kashfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solishini ta’kidladi.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi (foto)