15:37 / 18.08.2018
4 007

Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi (foto)

Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi (foto)
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berildi.

O‘zbekistonning me’morchilik an’analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari Imomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi (foto)