12:30 / 19.08.2018
10 846

Tungi klublardagi reyd: U madaniyat o‘chog‘imi yoki fahsh? (video)

Tungi klublardagi reyd: U madaniyat o‘chog‘imi yoki fahsh? (video)
“Yoshlar” telekanalida “Tungi klublardagi reyd: U madaniyat o‘chog‘imi yoki fahsh?” deb nomlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Unda aytilishicha, Toshkent shahrida bugungi kunda 40 ga yaqin tungi klublar bo‘lib, ular ayrim yoshlarga oilasi bag‘rida bo‘lish, foydali ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga vaqtlarini aysh-ishrat bilan o‘tkazishi uchun “shart-sharoitlar”ni yaratib bermoqda. Shuningdek, davlat soliq xizmati tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, bunday muassasalarda tushumlar to‘rt barobargacha yashirilmoqda.

Iqtisodiy jinoyatlar va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va boshqa tashkilotlar tomonidan poytaxtdagi bir qator tungi klublarga reydlar o‘tkazildi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tungi klublardagi reyd: U madaniyat o‘chog‘imi yoki fahsh? (video)