07:01 / 20.08.2018
3 892

Adliya vazirligi: “Uddaburon” fuqarolar duyoga mashhur brendlarni egallab olgan

Adliya vazirligi: “Uddaburon” fuqarolar duyoga mashhur brendlarni egallab olgan
Adliya vazirligi intellektual mulk sohasini jiddiy o‘rganib chiqmoqda. Xususan, begona brendlarni egallab olish, ya’ni - brendreyding holatlarini, deyilgan vazirlik xabarida.

“Dunyoga mashhur qator brendlar vakillari O‘zbekiston bozoriga kirishda, brendreydingga duch kelmoqda. Negaki, aslida ularga tegishli bo‘lgan brendlar bizning “uddaburon” fuqarolarimiz nomiga ro‘yxatdan o‘tgan edi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Buning asosiy sababi O‘zbekiston amaldagi qonunchiligida ushbu holatni oldini oluvchi, ya’ni allaqachon dunyoda mashhur bo‘lgan brendlarni O‘zbekiston fuqarolari nomiga ro‘yxatga olishni cheklovchi me’yorlaring yo‘qligidir, deyilgan xabarda.

Intellektual mulk agentligi Apellyatsiya kengashi tomonidan ilgari muayyan brend huquqi ularga tegishli bo‘lgan shaxslar talabiga ko‘ra, qator dunyoga mashhur tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha avval berilgan guvohnomalarni bekor qilish hollari ham qayd etilgan.

Undan tashqari, qonunchilikda vijdonli huquq egalarining manfaatlari buzilish holatlarida, kompensatsiya undirish bo‘yicha samarali mexanizmlar ko‘zda tutilmagan.

Tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi egasining huquqlari buzilganda, jazo sifatida, eng kam oylik ish haqining 1 dan 5 darajagi jarima solinadi xolos. Bu pul yetkazilgan zarar hajmiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni to‘xtatuvchi samarali ma’muriy va jinoiy javobgarlik yo‘q.

Yuqorida ko‘rsatilgan xato va kamchiliklar mamlakatimizning intellektual mulk himoyasi bo‘yicha imidji va reyting darajasiga ham ta’mir ko‘rsatmoqda. Xususan, intellektual mulk huquqlarini o‘lchovchi jahondagi yagona ko‘rsatgich – Mulk huquqlari bo‘yicha xalqaro indeksi (IPRI) ga Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina singari davlatlar kirgan bir paytda, O‘zbekiston ushbu tashkilotda umuman ro‘yxatdan o‘tmagan.

Yuqoridagi kamchiliklar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulkning ishonchli huqiy himoyasini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi hamda intellektual mulkni huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi.

Mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi e’tiborga olingan holda, loyihalar jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

Vazirlik tomonidan tayyorlangan loyihalarda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlashga qaratilgan aniq takliflar keltirilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: “Uddaburon” fuqarolar duyoga mashhur brendlarni egallab olgan