Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning korteji kecha, 19 avgust kuni Bekabod shahridan Toshkentga qaytayotgan mahal YTHga uchragani, Bosh vazir Aripov va uning o‘rinbosari Sultonov shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Ayni damda ularning ahvoli yaxshi.
Bosh vazir o‘rinbosari – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Alisher Sultonovning holati yaxshi, ortiqcha xavf yo‘q. Hukumat a’zosi shifokorlar nazoratiga olingan.
Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, Alisher Sultonovda jiddiy jarohatlar yo‘q. Uning holati tiklanmoqda. Ma’lum qilishlaricha, u tez orada vazifasiga qaytadi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, YTH Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan. Unda aytilishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan Hukumat korteji yo‘liga Dehqonobod MFY yaqinida Damas avtomobili chiqib ketgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning ahvoli yaxshi va Vazirlar Mahkamasida Qurbon hayitini munosib nishonlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektor majlisini o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?