10:53 / 31.08.2018
5 162

“Qodirov ishi” doirasida Ispaniyada ushlangan Alisher Xodiyev tergov bilan hamkorlik qilishga rozi boʻldi (foto)

“Qodirov ishi” doirasida Ispaniyada ushlangan Alisher Xodiyev tergov bilan hamkorlik qilishga rozi boʻldi (foto)
Oʻzbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga qarshi ish doirasida uning “jinoiy sherigi” sifatida Ispaniyada qoʻlga olingan Alisher Hodiyev ayni vaqtda qoʻyib yuborilgan. Bu maʼlumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati “Kun.uz”ga tasdiqlagan.

Foto: “Ozodlik” radiosi
Shu bilan birgalikda Hodiyevga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar olib tashlanmagan - u hamon oʻziga qarshi ilgari surilgan punktlar boʻyicha ayblanuvchi hisoblanadi. U Oʻzbekistonda tovlamachalik, firibgarlik va jinoiy yoʻllar bilan topilgan pullarni legallashtirishda ayblangan.

Maʼlum boʻlishicha, u koʻngilli ravishda Ispaniyadan Oʻzbekistonga qaytib, tergov bilan hamkorlik qilishga, davlatga keltirilgan moddiy zararni qoplashga rozi boʻlgan.

Unga qarshi ilgari surilgan ayblovlar Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirovga qarshi ochilgan jinoyat ishining bir qismi sifatida hisoblangan.

Alisher Hodiyev Oʻzbekiston sobiq bosh prokurorining oʻgʻli Alisherbek Qodirov bilan yaqin doʻst boʻlgan va “iqtisodiy jinoiy ishlar”ni “til biriktirgan holda” amalga oshirgan. Ayni vaqtda Alisherbek Qodirov qidiruvda boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan “Tovlamachilik”, “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish”, “Pora olish” moddalari boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. U Bosh prokuraturani 15 yil davomida boshqargan va 2015 yil aprel oyida ishdan boʻshatilgan.

Bosh prokuratura rasmiy baënotiga koʻra, Qodirov ishi doirasida jami 24 shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilingan va ulardan 21 nafari hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qodirov ishi” doirasida Ispaniyada ushlangan Alisher Xodiyev tergov bilan hamkorlik qilishga rozi boʻldi (foto)