11:57 / 31.08.2018
6 236

Oʻzbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari

Oʻzbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari
Poytaxtning “Farhod”, “Mirobod” dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 soʻmdan 7000 soʻmgacha sotilayotgan boʻlsa, “Qoʻyliq” dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 soʻmdan, “Yunusobod” dehqon bozoridan esa 1500 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjalik) mahsulotlar narxlarini oʻrganishni davom etadi, deb yozmoqda Kun.uz.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2018 yil 26 avgust holatidagi narxlari.

Mol goʻshti 26 000 soʻmdan 42 000 soʻmgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 26 ming soʻmdan 42 ming soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar oʻtgan haftalarda kuzatilganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26 ming soʻm.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol goʻshti 26-40 ming soʻm. Oʻtgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshti 26-39,5 ming soʻmdan sotilayotgani kuzatilgandi.

Toshkent shahrining “Farhod”, “Mirobod”, “Yunusobod”, “Chorsu”, “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 28 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha sotilmoqda. Oʻtgan haftada eng qimmat narxlardagi mol goʻshti faqat “Qoʻyliq” bozorida (43 ming soʻm) sotilgan boʻlsa, bu haftada ushbu bozorda goʻsht narxi ancha arzonlashganini kuzatish mumkin – 28-38 ming soʻm.

“Mirobod” bozorida – 28-37 ming, “Yunusobod” bozorida 28-36 ming, “Farhod” bozorida 28-40 ming, “Chorsu” bozorida 28-38 ming soʻmgachaga sotilmoqda.

Qoʻy goʻshti 31 000 soʻmdan 43 000 soʻmgacha

Eng arzon narxlardagi qoʻy goʻshti – poytaxtning “Mirobod”, “Chorsu” bozorlarida – 28 ming soʻm. Eng qimmati ham Toshkent shahar bozorida – 1 kg. qoʻy goʻshti “Farhod” bozorida 43 ming soʻm.

Tovuq goʻshti 11 000 soʻmdan 19 000 soʻmgacha

Eng arzon tovuq goʻshti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 ming soʻm. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Fargʻona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 19 ming soʻm. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq goʻshti oʻrtacha 14-16 ming soʻmdan isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

Guruch 4 000 soʻmdan 13 000 soʻmgacha

Respublika bozorlarida guruchni 4-13 ming soʻmgacha uchratish mumkin. “Qoʻyliq” dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming soʻm. Eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 soʻm. “Qoʻyliq” dehqon bozoridagi 13 ming soʻmlik guruch ushbu bozorda 11 ming soʻmdan sotilmoqda.

Oʻsimlik yogʻi 8000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. oʻsimlik yogʻi 8-12 ming soʻmdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Nukus hamda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorlarida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming soʻm.

Un 2500 soʻmdan 4 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2500 soʻm. Oʻtgan haftada ushbu bozorda un 1500 soʻmdan sotilgan edi. Bu esa mazkur bozorda unning qimmatlashganini koʻrsatmoqda. Eng qimmat narxlar esa Yangi shahar bozori (Andijon), Buxoro, Navoiy, Guliston shahar Markaziy dehqon bozorlari, shuningdek, poytaxt bozorlarida – 4 ming soʻm.

Shakar 4000 soʻmdan 5 200 soʻmgacha

Eng qimmat narxlardagi shakar Yangi (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida – 1 kg. shakar 5 500 soʻm. Eng arzoni esa Buxoro, Navoiy shahri “Sahovat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozorlarida – 4 ming soʻm.

Tuxum 300 soʻmdan 750 soʻmgacha

Bu haftada koʻplab bozorlardagi tuxum narxlari oʻrtacha 400-500 soʻmdan sotilmoqda. Eng arzon narx Navoiy shahri “Saxovat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida – 300 soʻm. Eng qimmat narx “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da 750 soʻmdan sotilmoqda. Eʼtiborlisi, ushbu bozorda tuxumni 300 soʻmdan ham xarid qilish mumkin.

Kartoshka 700 soʻmdan 3000 soʻmgacha

Guliston shahri Markaziy dehqon bozoridan 1 kg. kartoshkani 1500 soʻmdan 3000 ming soʻmgacha xarid qilish mumkin. Oʻtgan haftadagi ushbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardagi kartoshka Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida – 700 soʻm!

Pomidor 2000 soʻmdan 7000 soʻmgacha

Poytaxtning “Farhod”, “Mirobod” dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 soʻmdan 7000 soʻmgacha sotilayotgan boʻlsa, “Qoʻyliq” dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 ming soʻmdan, “Yunusobod” dehqon bozoridan esa 1500 soʻmdan xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari