18:10 / 07.09.2018
4 873

Fuqaro YHXB xodimiga pora taklif qilib, berayotgan vaqtida qoʻlga olindi

Fuqaro YHXB xodimiga pora taklif qilib, berayotgan vaqtida qoʻlga olindi
Buxoro tumanida 5 sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi oʻz rahbariga axborot berib, Romiton tumanida yashovchi S.I. oʻzining “Damas” rusumli avtomashinasini “Romiton-Buxoro” yoʻlining 5-km.da belgilangan tezlikdan oshirgani uchun uni toʻxtatib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi boʻlganida, haydovchi unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmasligini soʻrab, evaziga 50 000 soʻm pulni pora sifatida taklif qilayotganini maʼlum qilgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Shundan soʻng koʻrilgan tezkor tadbir natijasidan haydovchi S.I. xodimga 50 000 soʻm pulni pora sifatida berayotganida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan S.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro YHXB xodimiga pora taklif qilib, berayotgan vaqtida qoʻlga olindi