Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

  • Jamiyat
  • 14-09-2018, 00:10
  • 405
  • Фуқароларни хорижда ишга жойлаштириш фаолиятини лицензиялаш тартиби белгиланди
    Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

    Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya qilish;

    shtatda oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning boʻlishi;

    mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan kamida bir nafar xodimning boʻlishi;

    fuqarolar murojaat qilayotgan va ularga xizmat koʻrsatilayotgan jarayonlarni yozib oladigan hamda yozib olingan maʼlumotlarni uch oy mobaynida saqlaydigan videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan bino yoki xonaning boʻlishi;

    ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan eng kam ish haqining kamida besh ming baravari miqdorida shakllangan ustav jamgʻarmasiga ega boʻlishi;

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi depozit hisobraqamida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov amalga oshirilgan vaqtdagi kursi boʻyicha ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni ariza beruvchining shakllangan ustav jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zaxiralash;

    fuqarolarni xorijda ishga joylashtirishdan manfaatdor boʻlgan shaxslarni tanlab olishda har qanday turdagi kamsitish taqiqlanganiga rioya etish;

    ishchi organga faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotni har oy taqdim etish;

    talabgorlar bilan tuziladigan shartnomalarni, shuningdek, talabgorlar va xorijiy ish beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarni yuritish;

    Oʻzbekiston Respublikasining va/yoki boradigan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq noqonuniy deb eʼtirof etilgan faoliyatni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi msʼhnat migrantlarini yuborish taqiqlanganiga rioya etish.

    Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari litsenziya bitimida koʻrsatiladi,

    Litsenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish, toʻxtatish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar ishchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.

    Litsenziya olish uchun ariza ushbu ariza va litsenziya olish uchun taqsim etiladigan zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida ishchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ishchi organ xulosa tayyorlaydi va litsenziyalovchi organga taqdim etadi.

    Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun ishchi organ tomonidan toʻlov kuni Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

    Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida ishchi organ ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini joyiga borib oʻrganishi mumkin.

    Litsenziyalovchi organ ishchi organ xulosasini olgan kundan boshlab besh kun mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

    Ishchi organ litsenziya talabgorini tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun davomida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilishi shart.

    Ishchi organ litsenziatlar joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga litsenziya berish, uni tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida maʼlum qiladi.

    Litsenziya berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgor qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay, Fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasining depozit hisobraqamida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov amalga oshirilgan vaqtdagi kursi boʻyicha ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni zaxiralashi kerak.

    Litsenziya berilganligi uchun ishchi organ tomonidan toʻlov kuni Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

    Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

    Litsenziyalovchi organning litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarori va litsenziya bitimi litsenziya berish uchun asos hisoblanadi.

    » » Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi
    Яндекс.Метрика