Kalta yubka va buyoqlar asirasiga aylangan oʻquvchi qizlar haqida

  • Jamiyat
  • 14-09-2018, 14:10
  • 1 861
  • Калта юбка ва буёқлар асирасига айланган ўқувчи қизлар ҳақида
    “Oʻzbekiston-24” telekanali orqali namoyish etilgan lavhalarda Toshkent shahridagi №110 hamda №50- maktablarda taʼlim olayotgan oʻquvchilar, ularga taʼlim berayotgan muallimalarning tashqi koʻrinishi haqida soʻz boradi. Bu maktablarning oʻquvchi qizlari kalta yubkalarda, yuz-koʻzlaridan tortib tirnoqlarigacha boʻyoq chaplangan holda sinfxonalarga kirib kelishmoqda.

    Boshlangʻich sinflarda esa oʻquvchilar toʻliq maktab formasida oʻtiribdi. Lekin ularga taʼlim berayotgan muallimaning kalta yubka va haligidek boʻyoqlar asirasiga aylangani har qanday odamning ensasini qotirsa kerak. Axir, muallimlar birinchi navbatda shogirdlariga oʻrnak boʻlishi kerak emasmi?..

    Jurnalistlar atayin kuzatishdi. Soat 8:00 dan oshgach ham maktabga oʻquvchilar oqib kelishda davom etmoqda. Yuqorida taʼkidlanganidek oʻzi uchun oʻta goʻzal, atrofdagilar, jamiyat uchun achinarli kiyimda, sochlarini allambalocha turmaklagan qiz-yigitlarni esa juda qimmatbaho mashinalarda maktabga olib kelishayotganiga barcha guvoh. Nahotki, shu ota-onalar farzandining, aniqrogʻi, qizining tashqi koʻrinishi bilan qiziqmasa? Nahotki, milliy liboslarda yurishini talab qila olmasa?..

    Kechirasiz-u, bu qadar kalta kiyim, yuz-koʻzga boʻyoq chaplaganlarni, boshqacharoq aytganda, haddidan oshganlarni nafaqat musulmon ahli, balki, Yevropa, Rossiyada ham sira xush koʻrishmaydi. Hatto, ular ham meʼyor tarafdori.

    Istardikki, oʻzbek qizlarining milliy liboslari poytaxt maktablariga yana qaytsa, dunyoga koʻz-koʻz qilinib, jumlai olamning havasini keltirsa!

    Manba: hordiq.uz

    » » Kalta yubka va buyoqlar asirasiga aylangan oʻquvchi qizlar haqida
    Яндекс.Метрика