17:00 / 14.09.2018
4 951

Toshkent aeroporti xodimi yoʻlovchi chamadonidan pul oʻgʻirladi (video)

Toshkent aeroporti xodimi yoʻlovchi chamadonidan pul oʻgʻirladi (video)
Kuni kecha Toshkent aeroportida yoʻlovchining chamadonidan 250 ming soʻm pul oʻgʻirlandi. Bu haqda Sevimli TV telekanalining Zamon dasturidagi lavhada aytiladi.

Dasturda aytilishicha, pulni aeroport xodimi oʻgʻirlagan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi tergovchisi Maqsuda Kamolovaning aytishicha, 2018 yilning 19 avgust kuni Islom Karimov xalqaro aeroporti Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi boshligʻiga ariza kelib tushgan. Arizaga koʻra, fuqaro A. 2018 yil 18 avgust kuni Toshkent - Buxoro aviareysi bilan Buxoro xalqaro aeroportiga borganligini, yuklarni qabul qilganida yuklar ichida 250 ming soʻm pullarning mavjud boʻlmaganligini va bu holat yuzasidan ularni topishda amaliy yordam koʻrsatishlikni soʻrab ariza yozgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida 250 ming soʻmlik miqdordagi pullar Toshkent xalqaro aeroporti 3-terminal texnik xodimi S. tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilinganligi, yaʼni oʻgʻirlanganligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroporti xodimi yoʻlovchi chamadonidan pul oʻgʻirladi (video)