18:44 / 14.09.2018
5 963

Samarqand viloyat advokatlar palatasi rahbari 11,9 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqand viloyat advokatlar palatasi rahbari 11,9 ming dollar pora bilan ushlandi
Samarqand viloyati prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, 2018 yil 3 iyulda fuqaro N.Karimova viloyat prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda TIF “Milliy bank” Samarqand viloyat boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilayotgan jinoyat ishi yuzasidan singlisi F.Bobokulovaning huquqlarini himoya qilish uchun Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi O.Axtamov bilan shartnoma tuzganini bildirgan.

Arizada O.Axtamov unga jinoyat ishi boʻyicha F.Boboqulovaga yengillik qilib berish masalasini viloyat prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali 20 ming AQSH dollari evaziga ijobiy hal qilib berishini aytib, mansabdor shaxsga pora berishga qiziqtirib, dalolat qilganligi, ushbu pullarni talab qilib kelayotganligi yuzasidan himoyachisi O.Axtamovga nisbatan qonuniy chora koʻrish soʻralgan.

2018 yil 04 sentyabr kuni soat 14:35 larda N.Karimovaning arizasi yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi - “Qomus” advokatlar hayʼati boshqaruvchisi, himoyachi O.Axtamov xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzining gʻaraz va boshqa manfaatlarini koʻzlab, TIF “Milliy bank” Samarqand viloyat boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari oʻtkazilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchi - himoyasi ostida boʻlgan fuqaro F.Bobokulova tomonidan yetkazilgan zararni yoʻq qilib berish, viloyat prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali ijobiy hal qilib berishi evaziga F.Bobokulovaning opasi N.Karimovadan kelishilgan 20 ming AQSH dollaridan 11 ming 900 AQSH dollari pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O.Axtamovga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, O.Axtamovga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyat advokatlar palatasi rahbari 11,9 ming dollar pora bilan ushlandi