22:22 / 14.09.2018
5 310

Lukashenko Mirziyoyevning Chorvoqdagi shaxsiy qarorgohiga bordi

Lukashenko Mirziyoyevning Chorvoqdagi shaxsiy qarorgohiga bordi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijiy davlatlar rahbarlari orasidan birinchi boʻlib Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shahardan tashqaridagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda BЕLTA maʼlumotiga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi.

“Qaynarsoy” qarorgohi Toshkentdan 90 km uzoqlikda, Chorvoq suv ombori yonida, gʻarbiy Tyan-Shanning etagida joylashgan. U dengiz sathidan 900 metr balandlikda qurilgan. Hududda bir nechta turar-joy inshootlari, vertolyot maydonchasi va bandargoh (kemalar bogʻlab qoʻyiladigan joy) mavjud.

BЕLTA maʼlumotiga koʻra, bundan avval Shavkat Mirziyoyev “Qaynarsoy”ga xorijiy yetakchilarni taklif qilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha 19 hujjat imzolandi.

Bundan tashqari, Toshkentda boʻlib oʻtgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq boʻlgan shartnoma va bitimlar imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lukashenko Mirziyoyevning Chorvoqdagi shaxsiy qarorgohiga bordi