14:07 / 15.09.2018
4 985

Buxoroda yigit oʻz sevgilisiga suiqasd qildi

Buxoroda yigit oʻz sevgilisiga suiqasd qildi
Rashk tufayli suyukli yorining hayotiga suiqasd qilish hech aqlga sigʻmaydigan ish.

Mehr-muhabbat – tiriklikning borligi, davomiyligini taʼminlovchi bebaho tuygʻu. Uni har yurakda yangidan tugʻiladi, deb bejiz aytishmaydi. Chunki bu tuygʻu har kimda har xil kechadi. Ayniqsa, yigitlarning muhabbat izhori ham turlicha. Kimdir sevgilisining quchogʻini gulga, quvonchga toʻldirsa, baʼzilari esa...

Gap shundaki, Buxoro viloyatining Vobkent tumani Imomqozixon qishlogʻida yashovchi B. ismli yigit hamqishlogʻi N. ismli qiz bilan bir-biriga koʻngil qoʻygan edi.

Bundan xabar topgan qizning ota-onasi qizini shu yigitga berishga roʻyixushlik bermaydi. Gʻazablangan yigit esa qiz bilan uchrashib, unga bor zahrini socha boshlaydi. Oʻzaro janjal yigitning qiz koʻksiga pichoq urishi bilan yakun topdi.

– Ushbu jinoyat ishiga oid sud jarayonida sudlanuvchi ushbu qotillikni amalga oshirish uchun zimdan tayyorgarlik koʻrgani maʼlum boʻldi, – deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyati sudi sudyasi Zavqiy Qurbonov. – Qiz bilan uchrashish uchun yoʻlga chiqar ekan, u oʻzi bilan pichoq oladi. Qizning ota-onasi uni boshqa kishiga turmushga berishini oʻylagan yigitning koʻzi qonga toʻlgandi. Yoʻl-yoʻlakay yigit qizning otasiga qoʻngʻiroq qilib, shu kuni bir voqea sodir boʻlishini, uning tafsilotlari haqida kechqurun xabar topishini bildiradi. Bu harakati bilan u rejalashtirgan jinoyatiga ishora qilgan.

Qiz deyarli toʻrt yil sevishgan yigitining oldiga kelar ekan, uni yeru koʻkka ishonmagan odamdan aslo shubha qilmagan. Biroq yigit uchrashuvga kelgan qizning chap qoʻlining yelka qismiga jami yetti marotaba hayoti uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohatlari yetkazgan. Voqea joyiga qizning otasi tomonidan yuborilgan togʻasi va amakisi yetib kelgan.

Yigit qasddan odam oʻldirish jinoyatini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan yashirinadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyati sudining hukmiga koʻra, sudlanuvchi B. Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda yigit oʻz sevgilisiga suiqasd qildi