06:00 / 22.09.2018
4 885

Endi Oʻzbekistonda toʻy kortejlari toʻxtatilib, jarimaga tortiladi

Endi Oʻzbekistonda toʻy kortejlari toʻxtatilib, jarimaga tortiladi
Eslatib oʻtamiz, keyingi yillarda respublikada hashamatli avtomobillardan iborat toʻy va boshqa tantanalarga tegishli kortejlar deyarli urfga aylandi. Bu avtomobillarning haydovchilari aksar holatlarda mast holda rulga oʻtirishardi. Shu sababli ham juda koʻp marotaba aynan kortejlar aybi bilan yoʻl qoidalari qoʻpol tarzda buzib kelingan, begunoh fuqarolar avtohalokatga uchrab jiddiy jabr koʻrgan.

Endi bu dabdabalarga qonun yoʻli bilan chek qoʻyildi. Kortejlar haydovchilari eng kam ish haqining uch barobari miqdoridagi jarimaga tortiladi. Agar yana qoʻlga tushishsa, jazo ogʻirlasha borishi alohida qayd etib oʻtilgan. Qonunga boʻysunmagan haydovchilar haydovchilik guvohnomasidan bir umrga mahrum etilishi ham ehtimoldan xoli emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Oʻzbekistonda toʻy kortejlari toʻxtatilib, jarimaga tortiladi