09:27 / 22.09.2018
6 191

Toshkentda uch oʻsmir 22 yoshli kirakashni vahshiylarcha oʻldirdi (video)

Toshkentda uch oʻsmir 22 yoshli kirakashni vahshiylarcha oʻldirdi (video)
Joriy yilning 23 may kuni 1996 yilda tugʻilgan fuqaro Jamshid Raximov tungi soat 23.00lar atrofida oʻzining “Matiz” rusumli avtomashinasida uchta oʻsmirni Qoʻyliq massiviga eltib qoʻyish uchun kelishadi. Ijaraga olingan avtomashinada kirakashlik qilib, oila tebratayotgan, xayolida mashina ijara pulini toʻlash boʻlgan haydovchi yigitlarning gʻarazli niyatini sezmaydi.

“Zamon” informatsion dasturida xabar qilinishicha, alkogol taʼsirida boʻlgan yoʻlovchi yigitlar haydovchini boʻgʻib, pichoqlab oʻldiradi. Jasadni Sergeli tumani hududiga, avtomashinani esa Toshkent viloyati Chirchiq shahrida qoldirib ketishadi.

Bu qotillikni sodir etgan uch nafar yigitni Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudi 25 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Mazkur holat aks etgan videolavhani ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Manba: Uz24.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uch oʻsmir 22 yoshli kirakashni vahshiylarcha oʻldirdi (video)