19:32 / 22.09.2018
4 546

OAV: Oʻzbekiston “Doʻstlik” NOʻPda qirgʻizistonliklar uchun darvozani yopib qoʻydi (video)

OAV: Oʻzbekiston “Doʻstlik” NOʻPda qirgʻizistonliklar uchun darvozani yopib qoʻydi (video)
Qirgʻizistonliklar Oʻzbekiston hududiga kiritilmayapti. “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktidan (NOʻP) olingan videoni vaziyatga guvoh boʻlganlardan biri Facebookʻda eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Vecherniy Bishkek”ga tayanib “Kun” nashri.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, oʻz uylariga qaytishga harakat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ham “asirda” qolib ketgan.

“Biz Qirgʻiziston chegarasidan muammolarsiz oʻtdik. Biroq, bizni Oʻzbekiston hududiga kiritishni xohlashmayapti. Oʻzbekiston uzoq vaqt davomida betaraf hududda odamlarni issiqda ushlab turibdi. Bunday holatga nima sabab ekanini yigʻlayotgan bolalar, ayollar hamda erkaklar hech kim tushuntirgani ham yoʻq”, - deydi foydalanuvchi.

Taʼkidlanishicha, video 21 sentyabr kuni mobil telefon kamerasiga olingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻizistonning oʻzbeklar savdo qiluvchi tumanida blokpostlar qoʻyilgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OAV: Oʻzbekiston “Doʻstlik” NOʻPda qirgʻizistonliklar uchun darvozani yopib qoʻydi (video)