4 619
Departamentning tuman boʻlimi boshligʻiga oylik “dolya” taklif qilgan bozor direktori ushlandi
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi boshligʻi R.E.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E. bozor hududida sotiladigan goʻsht mahsulotlarini haqiqiy miqdorini va bozorning kunlik patta tushum pullarini hisobini nazorat qilib bormaslik evaziga boʻlimi boshligʻi R.E.ga har oyda 1500 AQSH dollari “pora” berishni taklif qilib, shundan 550 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi koʻrilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi