08:58 / 26.09.2018
7 038

Yana bir oʻzbek sportchisi pichoqbozlik qurboniga aylandi

Yana bir oʻzbek sportchisi pichoqbozlik qurboniga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Aralash jang sanʼati (MMA) jangchisi, xalqaro musobaqalar gʻolibi shahrixonlik Otabek Aliyev pichoqbozlik oqibatida oʻldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Turon24 mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 18 sentyabr kuni sodir boʻlgan. Otabek A.A. shaxs bilan bir kun avval janjallashib qoladi, janjal esa mushtlashuvga aylanadi. Ertasiga ular koʻchada koʻrishib qoladi. Soʻng orani ochiq qilish uchun Otabekning Cobalt rusumli mashinasiga oʻtirib tumandagi “Saidxon farovonligi” MCHJ qoshidagi avtotransport vositalariga metan-gaz quyish shoxobchasiga yoʻl olishadi.

“Orani ochdi qilish haqoratga ulanib, shu paytda A.A. yonida boʻlgan bir dona xoʻjalik pichogʻi bilan qasddan Otabek Aliyevning qorin qismiga bir marotaba urib, uning hayoti uchun xavfli boʻlgan ogʻir shikast yetkazadi. Otabek Aliyev ogʻir tan jarohati olib, 19 sentyabr kuni shifoxonada vafot etadi. Oʻsha kunning oʻzida tuman IIB tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov jarayonlari davom etmoqda»,— deb maʼlumot bergan Shahrihon tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari, tergov boʻlimi boshligʻi Anvarjon Iminov.

Eslatib oʻtamiz, bu sportchilar bilan bogʻliq birinchi holat emas. Joriy yilning 9 avgust kuniga oʻtar kechasi Yunusoboddagi Aurum 898 tungi klubida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qoʻriqchilari oʻrtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jamshid Kenjayev olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir oʻzbek sportchisi pichoqbozlik qurboniga aylandi