11:12 / 26.09.2018
3 824

Binali Yildirim Samarqandga bordi (foto)

Binali Yildirim Samarqandga bordi (foto)

Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida Samarqandga bordi.

Yildirimni va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyani aeroportda Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov kutib olishgan.

Yildirim Samarqandga tashrifi davomida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga tashrif buyurib, uning qabriga gullar qoʻygan. Bundan tashqari, turkiyalik yuqori martabali mehmon rafiqasi Samiha Yildirim bilan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga borgan.

Yildirim Imom al-Buxoriy masjidida namozni ado etib, masjid hovlisida mahalliy aholi bilan suhbatlashgan.

Yildirim boshchiligidagi turk delegatsiyasi Imom Moturidiy va Amir Temur qabri joylashgan Goʻr-Amir maqbaralariga tashrif buyurgan. Bu yerda Yildirim xorijiy sayyohlar bilan suhbatlashgan.

Foto: Anadolu
Yildirim, shuningdek, Registon maydoni, Ulugʻbek va Tilla-Qori madrasalariga borib, u yerda yurtdoshlari bilan uchrashgan.

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Yildirim sharafiga qabul tashkillashtirdi. Yildirim 26 sentyabrda qoʻhna Buxoro tomon yoʻl oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Binali Yildirim Samarqandga bordi (foto)