22:01 / 16.02.2015
7 099

Uznet foydalanuvchilari Toshkent pensionerlariga nonni bepul tarqatish tashabbusini o‘rtaga tashlashdi

Uznet foydalanuvchilari Toshkent pensionerlariga nonni bepul tarqatish tashabbusini o‘rtaga tashlashdi

Facebook’dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhida Toshkentda kunning ma’lum vaqti davomida pensionerlarga nonni bepul tarqatish tashabbusi muhokama qilindi.

UZ24’ning xabar berishicha, bu kabi muhokamalarga Rossiyaning Krasnoyarsk shahri do‘konlaridan biri boshlagan “Bepul non” aksiyasi sabab bo‘lgan.

Ismi oshkor etilmayotgan bir guruh krasnoyarsklik tadbirkorlar har kuni do‘konga yangi non etkazib berishga, do‘kon sotuvchilari esa soat 9dan 11gacha ushbu nonni pensionerlarga bepul tarqatishga va’da berishgan.


“Jamoatchilik nazorati” guruhi a’zolari Toshkentda ham shunday aksiya o‘tkazish g‘oyasini ma’qullab, mahalliy tadbirkorlar va supermarketlarning egalarini ushbu taklifni ko‘rib chiqishga chaqirishgan.

“Chunki 2015 yil Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilingan, guruh a’zolarining fikricha, shu sabab ham ushbu tashabbus ommalashib, muvaffaqiyat qozonadi”, – deyiladi UZ24 xabarida.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uznet foydalanuvchilari Toshkent pensionerlariga nonni bepul tarqatish tashabbusini o‘rtaga tashlashdi