Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi

  • 24 aprel 2016, 17:25
  • 3 707
  • Sport
  • Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi

    "Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares Xixonning "Sporting" (6:0) jamoasiga qarshi kechgan Ispaniya chempionatining 35-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

    – So‘nggi ikki uchrashuvda buncha ko‘p gollar soni o‘zimni ham hayron qoldirdi.Jamoaga yordamim tegayotganidan xursandman.

    O‘z oldimga mavsumda 50ta gol kiritish maqsadini qo‘ymagan edim. Eng muhimi – Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonish.

    Ochig‘ini aytganda o‘yin biz uchun ko‘ngildagidek o‘tmadi. To‘pni bir-birimizga oshirish tezligi ham yuqori bo‘lmadi.

    Tanaffusda bularni yo‘qqa chiqarish haqida o‘yladik, chunki eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmayotgandik. Messi? U jamoani nazorat ostida ushlaydi.

    U yaxshi formada bo‘lsa, "Barselona" ajoyib o‘ynaydi. Biz xatolardan to‘g‘ri hulosa chiqardik va barchasi hamon o‘z qo‘limizda, – deydi Suares.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi