O‘zbekiston yosh futbolchilari JCh-2015 arafasida Portugaliya va Urugvayga qarshi o‘ynashadi

  • 22 fevral 2015, 17:04
  • 5 643
  • Sport
  • O‘zbekiston yosh futbolchilari JCh-2015 arafasida Portugaliya va Urugvayga qarshi o‘ynashadi

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi mart oyida ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

    O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi terma jamoa 25-30 mart kunlari Portugaliyada yig‘in o‘tkazadi.

    Yig‘in doirasida o‘zbekistonlik futbolchilar 27 mart kuni Portugaliya yoshlar (U-20), 29 mart kuni esa Urugvay yoshlar (U-20) terma jamoasiga qarshi to‘p surishadi.

    Ma’lumot uchun, Portugaliya yoshlar terma jamoasi o‘z yosh toifasida Evropa vise-chempioni, Urugvay esa amaldagi jahon vise-chempioni hisoblanadi.

    Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 30 maydan start oladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi JCh-2015ning Germaniya, Fiji va Gonduras terma jamoalari bilan birga “F” guruhidan o‘rin olgan.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston yosh futbolchilari JCh-2015 arafasida Portugaliya va Urugvayga qarshi o‘ynashadi