«Bunyodkor» o‘z maydonida «Paxtakor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 29 aprel 2016, 21:01
  • 4 327
  • Sport
  • «Bunyodkor» o‘z maydonida «Paxtakor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    O‘zbekiston chempionati 7-turi doirasida «Bunyodkor» klubi o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

    Uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi. Gollarning barchasi ikkinchi bo‘limda kiritildi. Avvaliga Jamshid Boltaboyev qo‘li bilan o‘ynagan vaziyat uchun belgilangan penaltini Dostonbek Hamdamov golga aylantirgan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tar-o‘tmas darvozabon Ribkin xatoga yo‘l qo‘ygach O‘rinboyev to‘pni uzoqdan havolatib bo‘sh qolgan darvoza tomon yo‘lladi. Bu vaziyatda Adnan Oraxovas to‘pni bosh bilan qaytarishga bo‘lgan urinishda o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.

    Uchinchi gol esa 88-daqiqada Eldor Shomurodov hisobiga yozildi. Yosh hujumchi tezkor qarshi hujumdan so‘ng hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

    Oliy liga
    7-tur
    «Bunyodkor» – «Paxtakor» - 3:0
    Gollar
    : Dostonbek Hamdamov 56 (penalti), Adnan Oraxovas 57 (avtogol), Eldor Shomurodov 88
    "Bunyodkor": Murod Zuxurov, Akmal Shorahmedov, Akrom Komilov, Shaker Zuagi, Javlon Ibrohimov, Sato Minori, Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev, Rustam Ashurmatov, Yurisa Bulyat.
    "Paxtakor": Nikita Ribkin, Adnan Oraxovas, Akbar Ismatullaev, Sherzod Karimov, Jaloliddin Masharipov , Igor Sergeev, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Jamshid Boltaboyev, Javohir Sohibov, Vladimir Kozak.
    Bosh hakam: Aziz Asimiv (Toshkent)
    Qanot hakamlari: Andrey Snetkov (Yangiyo‘l), Andrey Sapenko (Yangibozor)
    Zaxira hakami: Ravshan Kopadze (Farg‘ona)
    Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Bunyodkor» o‘z maydonida «Paxtakor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi