Luis Enrike yozda «Barselona»ni tark etmaydi va kamida bir mavsum jamoada ishlaydi

  • 03 may 2016, 17:57
  • 3 504
  • Sport
  • Luis Enrike yozda «Barselona»ni tark etmaydi va kamida bir mavsum jamoada ishlaydi

    Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunlangach jamoani tark etmaydi. Bu haqda Sport.es internet-nashri xabar tarqatdi, deyiladi "Kun" nashrida.

    Manbaga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va u shartnoma shartlarini to‘liq ado etish istagida bo‘lib turibdi. U bu haqda barcha o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarni ogohlantirgan.

    Enrike Kataloniya klubining etakchi futbolchilari bilan kelgusi mavsum borasida gaplashib olgan va rejalari bilan o‘rtoqlashgan.

    Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Enrike bilan o‘tgan yilning yozida shartnomasini uzaytirgandi. Murabbiyning nafaqat maoshi oshirilgan, balki jamoaning transferlar tizimiga o‘zi mas’ul etib tayinlangandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Luis Enrike yozda «Barselona»ni tark etmaydi va kamida bir mavsum jamoada ishlaydi