Buffon: «Agar sportda adolat bo‘lsa, «Atletiko» EChL finalida g‘alaba qozonishi kerak»

  • 18 may 2016, 20:16
  • 3 327
  • Sport
  • Buffon: «Agar sportda adolat bo‘lsa, «Atletiko» EChL finalida g‘alaba qozonishi kerak»

    «Yuventus» jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon joriy mavsumda EChL finalida qaysi jamoa g‘alaba qozonishi kerakligi borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi, deyiladi "Kun" nashrida.

    «Agar sportda adolat bo‘lsa, «Atletiko» EChL finalida g‘alaba qozonishi kerak. 2 yil oldin ham ular bunga juda yaqin kelishgandi.

    Men bunga ishonaman, sportda revansh olish uchun imkoniyat bo‘ladi. Oldindagi qarama-qarshilik juda qiziq bo‘ladi. Chunki, «Real»da bunday o‘yinlarda qanday o‘ynash bo‘yicha katta tajriba to‘plangan.

    Favoritmi? «Real». Lekin «Atletiko» – o‘zining matonatli va yaxshi tashkil qilingan o‘yini orqali bu jamoa uchun qiyin raqib hisoblanadi.

    Ular finalda bu safar g‘alaba qozonishsa, hayron bo‘lmayman. Menga ularning avvalgi finalda ko‘rsatgan o‘yini juda yoqqandi, lekin ularning omadi chopmagandi», – deydi Buffon.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Buffon: «Agar sportda adolat bo‘lsa, «Atletiko» EChL finalida g‘alaba qozonishi kerak»