Bugun “Lokomotiv” OChL guruh bosqichi, birinchi tur o‘yinlari doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” hamoasiga qarshi maydonga tushadi. Kecha esa Ar-Riyod shahrida o‘yinoldi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Ertangi o‘yin juda qiziqarli kechishi aniq”, - deya so‘z boshladi Vadim Karlenovich. – “Al-Hilol” Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Biz o‘yinga tayyormiz va faqat ertangi o‘yin barchasiga oydinlik kiritadi”.
- Murabbiy “Al-Hilol”ni Osiyoning eng kuchli klublari qatoriga kiritdi. Biroq bilasizki, hozir jamoa uchun biroz og‘ir davr. Klub prezidenti almashdi. Murabbiy iste’foga chiqarildi. Chempionat doirasidagi o‘yinlarda ham juda yaxshi natija ko‘rsatyapti deb bo‘lmaydi. Bularning hammasi ertaga raqibingiz oyog‘idan chalmaydimi?
- Ha, “Al-Hilol”ning barcha muammolaridan xabarim bor. Vaziyat haqiqatdan ham yaxshi emas. Ammo, bilasizmi, bu asosan o‘z mahalliy chempionatidagi muammolar. Chempionlar Ligasi esa butunlay boshqa musobaqa. Bu erda jamoa mutlaqo boshqacha chog‘lanish bilan maydonga tushadi. Shuning uchun men klubning bu muammolari ertangi o‘yinga ko‘p ham ta’sir qiladi deb o‘ylamayman.
- “Al-Hilol” muxlislari Osiyoda ancha mashxur. Ular jamoani ajoyib tarzda qo‘llab quvvatlaydi. Bu narsa jamoangiz o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazmaydimi? Balki qandaydir qo‘rquv paydo bo‘lar futbolchilaringizda?
- Yo‘q. Unday deb o‘ylamayman. Biz e’tiborimizni o‘yinga qaratamiz. Har bir jamoa, unga raqib qanchalik imkoniyat berishiga qarab o‘yin ko‘rsatadi. Raqib bizga imkon taqdim etsa undan foydalanishga urinamiz, ular ham shunday. Boshqa omil o‘yinga ko‘p ham ta’sir etadi deb o‘ylamayman.
- Saudiya Arabistonida hozir mavsumning o‘rtasi. Sizlarda esa mavsum hali boshlanmadi va bu jamoangiz uchun birinchi rasmiy o‘yin. Bu qanchalik ta’sir o‘tkazadi o‘yinga?
- Ta’siri bo‘ladi. Biroq biz ham mavsumlar oralig‘ida bekor o‘tirmadik. BAA va Turkiyada, shuningdek bir muddat Toshkentda ham o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bordik. Ular davomida ko‘plab nazorat uchrashuvlari o‘tkazdik. Shuning uchun hozirdan bu birinchi o‘yinligi qanchalik yaxshi yoki yomonligi haqida bir narsa deyish qiyin. Ertaga o‘yinda ko‘ramiz.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi