Samvel Babayan O‘zbekiston termasining Ekvatorial Gvineya va Kanadaga qarshi tarkibini e’lon qildi

  • 25 may 2016, 17:59
  • 4 365
  • Sport
  • Samvel Babayan O‘zbekiston termasining Ekvatorial Gvineya va Kanadaga qarshi tarkibini e’lon qildi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

    Milliy terma jamoa bosh murabbiyi 2 iyun kuni Ekvatorial Gvineya hamda 7 iyun kuni Kanada milliy terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda terma jamoa safida hali maydonga tushmagan bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilgan.
    Ta’kidlash joiz, terma jamoa murabbiylar shtabi xorij chempionatlarida to‘p surayotgan milliy terma jamoa futbolchilariga chempionat o‘yinlari endi tugagani bois, kichik ta’til berishga qaror qilgan. Unga ko‘ra, Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), Aziz Haydarov ("Ash Shabob") hamda Sardor Rashidov ("Al Jaish") milliy terma jamoaning navbatdagi o‘yiniga chaqirilmadilar. Xitoyning "Changchun Yatay" klubida to‘p surayotgan Anzur Ismoilov esa, jaroxatidan qutulmagani bois, tarkibga qo‘shilmagan.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazsa, 7 iyun kuni Avstriyadagi yig‘in davomida Kanada milliy terma jamoasiga qarshi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

    Ekvatorial Gvineya hamda Kanadaga qarshi o‘yinlar uchun taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati:

    Darvozabonlar:

    Aleksandr Lobanov ("Piruzi"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv), Eldorbek Suyunov ("Nasaf").

    Himoyachilar:

    Aleksandr Merzlyakov ("Buxoro"), Egor Krimes ("Beyjing Guoan"), Islom To‘xtaxo‘jaev ("Lokomotiv"), Sherzod A’zamov ("Nasaf"), Davron Hoshimov ("Paxtakor"), Shuhrat Muxammadiev ("Nasaf"), Akrom Komilov ("Bunyodkor").

    Yarim himoyachilar:

    Otabek Shukurov ("Bunyodkor"), Javohir Sohibov ("Paxtakor"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), Salamat Qutiboyev ("Buxoro"), Server Jeparov ("Lokomotiv"), Jasur Hasanov ("Lokomotiv"), Doston Hamdamov ("Bunyodkor"), Sanjar Shoahmedov ("Lokomotiv"), Azim Ahmedov ("Paxtakor").

    Hujumchilar:

    Igor Sergeev ("Paxtakor"), Eldor Shomurodov ("Bunyodkor"), Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), Aleksandr Geynrix ("Ordabasi").

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Samvel Babayan O‘zbekiston termasining Ekvatorial Gvineya va Kanadaga qarshi tarkibini e’lon qildi