Kecha bolgariyalik darvozabon Emil Mixaylov "Navbahor" bilan bilan xayrlashganligi haqida xabar berilgandi. Bugun esa darvozabon borasidagi masalala o‘z echimini topdi. Murabbiylar shtabi oldingi mavsumlarni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi darvozasini qo‘riqlab kelayotgan Aleksandr Melenchuk bilan muzokaralarga kirishishgandi. Ma’lum vaqt davom etgan muzokaralardan keyin moldovalik posbon “Navbahor”ga o‘tishga qaror qildi. 2014 yilgi chempionatda “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilgan Melenchuk barcha 26 uchrashuvda maydonga tushib, barchasida 90 daqiqa davomida to‘p surganligini aytib o‘tish joiz. Mavsumlar oralig‘ida jizzaxliklar bilan xayrlashgan Melenchuk bugun kechqurun Toshkentga etib kelib, jamoamiz safiga qo‘shiladi.
Shu bilan birgalikda, murabbiylar shtabini kuchaytirish maqsadida malakali mutaxassis qidirilayotganligi haqida xabar berib o‘tgandik. Olib borilgan muzokaralar natijasida bugun maslahatchi murabbiy borasida ham bir to‘xtamga kelindi. Endilikda, “Navbahor”da Islom Ahmedov maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Mamlakatimiz muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan ushbu mutaxassis so‘nggi paytlarda OFK yo‘riqchisi sifatida ishlayotgandi. Yurtimizdagi yosh murabbiylarni tarbiyalashda samarali tarzda mehnat qilayotgan Ahmedovni jamoamizga foydasi tegishi aniq. O‘yinlarni tahlil qilish borasida katta salohiyatga ega bo‘lgan murabbiy endilikda bor bilim va mahoratini jamoamiz ravnaqi va rivoji uchun ishga soladigan bo‘ldi.
Yurtimizning tajribali hujumchilaridan biri Ulug‘bek Baqoyev shu kunlarda “Navbahor” tarkibiga qo‘shiladi. Faoliyatini asosiy qismini Qozog‘istonda o‘tkazgan futbolchi o‘tgan mavsum ikkinchi yarmida yurtimizga qaytib, “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzolab, buxoroliklar sharafini ikkinchi davra davomida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor nishonga olgandi. Mavsumlar oralig‘ida hujumchi ma’lum vaqt davomida G‘uzorning “Sho‘rtan” mashg‘ulotlarida ham qatnashishga ulgurgandi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi