00:12 / 27.02.2015
6 312

“Spartak” rahbariyati va futbolchilari o‘zaro rublning o‘zgarmas kursini belgilashdi

“Spartak” rahbariyati va futbolchilari o‘zaro rublning o‘zgarmas kursini belgilashdi

Moskvaning “Spartak” jamoasi futbolchisi Artyom Rebrov jurnalistlarga o‘z jamoadoshlari bilan birgalikda Rossiyada yuz bergan iqtisodiy qiyinchilik sharoitida jamoaga yordam berishga rozi bo‘lishganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, jamoa rahbariyati futbolchilarga maoshni 1 dollarni 45 rubldan, evroni esa 55 rubldan hisoblab to‘lashga rozi bo‘lishni so‘rab murojaat qilgan. Rossiya rubli qadrsizlanishidan oldin kurs aynan shunday bo‘lgan.

Bu taklif “Spartak”ning barcha futbolchilari tomonidan qabul qilingan.

“Bolalar vaziyatni to‘g‘ri tushunib turishibdi. Hamma bu taklifga o‘z roziligini bildirdi”, – deydi Rebrov “Chempionat.com” saytiga bergan intervyusida.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Spartak” rahbariyati va futbolchilari o‘zaro rublning o‘zgarmas kursini belgilashdi