00:18 / 27.02.2015
6 282

Arablar 300 million evroga “Milan”ning 30 foizini sotib olishmoqchi

Arablar 300 million evroga “Milan”ning 30 foizini sotib olishmoqchi

Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubiga egalik qiluvchi shayx Mansur oilasi a’zolari ham kirgan konsorsium “Milan” xo‘jayini Silvio Berluskoni bilan muzokaralarga kirishgan, deya xabar bermoqda Eurosport.

Hozircha hech qanday qaror qabul qilinganicha yo‘q, biroq arab konsorsiumi klubning nazorat paketini qo‘lga kiritish maqsadida aksiyalarni sotib olishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq, tailandlik milliarder Bi Taychaubol Silvio Berluskoniga “Milan” aksiyalari paketini sotish bo‘yicha 1 milliard evroga teng taklif berganini tasdiqlagan edi.

Bundan tashqari, OAVda kompaniyasi klubning yangi stadionini qurish bilan shug‘ullanayotgan xitoylik milliarder Van Szyanlin ham “Milan”ning asosiy aksiyadoriga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arablar 300 million evroga “Milan”ning 30 foizini sotib olishmoqchi