Oliy liga, 13-tur. «Bunyodkor»da g‘alaba, «Paxtakor»da mag‘lubiyat

  • 20 iyun 2016, 21:17
  • 4 606
  • Sport
  • Oliy liga, 13-tur. «Bunyodkor»da g‘alaba, «Paxtakor»da mag‘lubiyat

    Bugun O‘zbekiston Oliy ligasi musobaqasining 13-tur uchrashuvlariga start berildi. Shu paytga qadar shu turdan o‘rin olgan ikki o‘yin yakunlandi. Ularda turli natijalar qayd etildi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.

    Jumladan, "Bunyodkor" o‘z maydonida "Andijon" darvozasiga javobsiz ikkita gol kiritdi. "Qaldirg‘ochlar" safida dastlab birinchi bo‘limning 6-daqiqasida Shaker Zuagi hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqaga kelib Dostonbek Hamdamov raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. Ayna shu hisob final hushtagiga qadar o‘zgarmay qoldi.

    “Paxtakor” esa G‘uzorda “Sho‘rtan”dan 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Maydon egalari safida Zafar Polvonov xet-trik qayd etdi. Toshkentliklar yagona goliga esa Sherzod Karimov mualliflik qildi.

    O‘zbekiston Oliy ligasi, 13-tur

    “Sho‘rtan” – “Paxtakor” - 3:1 (1:0, 2:1)

    Gollar: 1:0 - 27 Zafar Polvonov, 1:1 - 70 Sherzod Karimov, 2:1 - 72 Zafar Polvonov, 3:1 - 89 Zafar Polvonov.
    "Sho‘rtan": 1.Eldor Tojiboyev, 3.Hasan Ergashev, 4.Jamol Otaqulov, 5.Botir Qoraev, 6.Abbos Omonov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 9.Igor Taran, 11.Zafar Polvonov, 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 19.Ma’rufxon Murodov.
    "Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovas, 5.Akbar Ismatullaev, 8.Sherzod Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev, 14.Jamshid Boltaboyev, 15.Javohir Sohibov, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev.

    “Bunyodkor” – “Andijon” - 2:0 (2:0, 0:0)
    Gollar
    : 1:0 - 6 Shaker Zuagi, 2:0 - 38 Dostonbek Hamdamov.
    "Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Akrom Komilov, 6.Anvar G‘ofurov 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 10.Eldor Shomurodov, 11.Shahzodbek Nurmatov, 17.Dostonbek Hamdamov, 30.Yurisa Bulyat, 71.Aleksandr Alempievich.
    "Andijon": 12.Nodir Ashurmatov, 3.Davron Tursunov, 4.Azamat Isroilov, 5.Iqbol Boboxonov, 6.Ibrohim Otaxonov, 13.Rustam A’zamov, 14.Islombek Isoqjonov, 17.Temur Vasilev, 18.Farhod Bekmurodov, 27.Rabbimjon Hasanov, 84.Nemanya Yovanovich.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oliy liga, 13-tur. «Bunyodkor»da g‘alaba, «Paxtakor»da mag‘lubiyat