Messi Argentina terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi

  • 22 iyun 2016, 13:57
  • 4 023
  • Sport
  • Messi Argentina terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi

    AQShda kechayotgan Amerika Kubogi doirasida Hyuston shahridagi «Reliant» stadionida Argentina mezbonlar jamoasiga qarshi turnirning yarim final uchrashuvini o‘tkazdi, deyiladi "Kun" nashrida. Bu uchrashuvning 32-daqiqasida argentinaliklar etakchisi Lionel Messi gol urib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. U 4:0 hisobida yakunlangan o‘yinda yana 2 ta golga pas berdi.

    O‘yindagi gol Messining Argentina terma jamoasi libosida urgan 55-goli bo‘ldi.

    Endilikda Messi Argentina terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ayni vaqtda Messining hisobida Argentina terma jamoasi safida o‘tkazilgan 112 uchrashuv va bu uchrashuvlarda urilgan 55 ta gol mavjud. Bungacha terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Gabriel Batistuta hisoblanardi. Uning natijasi 77 uchrashuvda urilgan 54 ta gol edi. Messi Amerika Kubogining chorak finalida Venesuelaga urgan goli orqali Batistuta bilan tenglashib olgandi.

    Messi: Argentinaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish men uchun muhim, axir bu Batistutaning rekordi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Messi Argentina terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi