12:45 / 28.02.2015
5 864

Luis Suares: “Barselona” “Real”dan ochko tortib olishga qodir”

Luis Suares: “Barselona” “Real”dan ochko tortib olishga qodir”

“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Real”ga qarshi bahsni intiqlik bilan kutayotganini ma’lum qildi. Ushbu qiziqarli uchrashuv 22 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

“Real” “Real”ligicha qoladi. Ulardan ochko tortib olish oson emasligini bilamiz, ammo ushbu jamoa hali “Kamp Nou”ga tashrif buyurishi lozim. Biz esa o‘z maydonimizda ochkolar farqini qisqartirish imkoniga egamiz. Shundan keyin ular baribir qaysidir uchrashuvda yana ochko yo‘qotishlari mumkin”, - deya championat.com Sport internet nashriga tayanib Suares fikrlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatida ortda qolgan 24 turdan so‘ng Luis Enrike shogirdlari 56 ochko jamg‘arib turnir jadvalining ikkinchi o‘rnini egallab turishibdi. Peshqadam “Real” hisobida esa 60 ochko mavjud.

Manba: www.std.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Suares: “Barselona” “Real”dan ochko tortib olishga qodir”